30 mar 08:10
Yangiliklar

Arina Sobolenko Miami Open turniri g'olibi + FOTO
Bosh sovrin kutilganidek, dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenkoga nasib qildi. Belaruslik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Jessika Peguladan ustun keldi - 7/5, 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Arina foydasiga yiriklashib ketdi - 7:2. Sakson sakkiz daqiqa davom etgan final bahsida Sobolenko 3, Pegula 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Bu Sobolenko uchun mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi 19-sovrin bo'ldi. Arina WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirlardagi 8-titulini qo'lga kiritdi. Miami Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Sobolenkoga 1000 reyting ochkosi hamda 1 million 124 ming 380 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi.
Fikrlar