29 may 11:47
Yangiliklar
Tennis

Arina Sobolenko "Rolan Garros" uchinchi davrasida
Dunyoning birinchi raketkasi Franciya poytaxtida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining uchinchi davrasiga yo'l oldi.
Belaruslik tennis malikasi ikkinchi davrada WTA reytingida 97-pog'onada borayotgan shveycariyalik Jil Taykmanndan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi - 6/3, 6/1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0.
Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 2, Taykmann 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Arina keyingi bosqichda serbiyalik Olga Danilovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar