23 okt 09:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Arman Carukyan Islam Maxachev bilan jangi qachonga rejalashtirilayotganini aytdi
Armanistonlik UFC jangchisi Arman Carukyan engil vaznda UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachev bilan jangi qachon bo'lib o'tishini malum qildi.
"Biz avvaliga UFC 308'da, keyin esa dekabrda jang qilishimiz mumkin edi. Ammo endi ular jangning kelasi yil boshida bo'lishini aytishmoqda. Men bunga tayyorlanyapman.
Umid qilamanki, jang yanvar yoki fevralda bo'ladi. Bu albatta, chempionlik uchun kurash bo'ladi. Men hozir jang qilishni, keyin dam olishni va keyingi yil chempionlik unvonini himoya qilishni istardim", dedi Carukyan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar