01 dek 10:28
Yangiliklar
Arman Carukyan Islam Maxachevning gapini tasdiqladi
Maxachev hamda uning menejeri hali hanuz chempionlik jangi uchun shartnoma olmaganlari haqida aytgan edi. Carukyan ham hali qo'lida shartnoma yo'qligini tasdiqladi.
"Menejerim 2025 yilning boshida jang qilishimni aytdi. Bundan hayratdaman va umid qilamanki, jangim tez orada elon qilinadi. Ular menga jang sanasi va manzilini aytishdi. Buni UFC ham biladi. Faqat chempionlik jangini rasmiy elon qilish qoldi, xolos", - deya Carukyanning so'zlarini keltiradi TNT Sports.
Avvalroq, Islam Maxachev va Arman Carukyan o'rtasidagi chempionlik jangi 18 yanvar kuni AQSHning Los-Anjelesida tashkil etiladigan UFC 311 turniri doirasida o'tkaziladi. Bu Liganing 2025 yildagi birinchi raqamlangan turniri bo'ladi.
Fikrlar