15 sen 17:17
Yangiliklar
Arman Carukyan: "UFC chempionlik kamarini pulga sotib olib bo'lmaydi"
Biroq rossiyalik engil vaznli sportchi o'zining barcha moddiy boyliklarini UFC chempionlik kamariga almashtirishga tayyor.
"UFC chempionlik kamarini pulga sotib olib bo'lmaydi. Dunyoda milliarderlar ko'p, lekin ularda UFC chempionlik kamari yo'q. Men UFC tituli uchun borimni bergan bo'lardim", – dedi Carukyan.
Agar Arman Carukyan shu dam olish kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirida braziliyalik Maurisio Ruffi ustidan g'alaba qozonsa, engil vazn toifasidagi chempionlik jangi uchun imkoniyatini maksimal darajada yaqinlashtiradi.
Ayni damda 29 yoshli rossiyalik sportchi UFC engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni, shuningdek, vazn toifasidan qati nazar, liganing eng yaxshi jangchilari ro'yxatida o'n to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar