08 okt 19:23
Yangiliklar
Arman Carukyanning raqibi malum, sana va manzil ham + POSTER
Arman Carukyan 14 noyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan RAF professional kurash ligasining uchinchi xalqaro turnirida ishtirok etadi. Uning raqibi afsonaviy braziliyaliklar sulolasi vakili Neyman Greysi bo'ladi.
Carukyan iyul oyida RAF ligasidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgandi: u RAF Crossover chempionlik kamari uchun kechgan bahsda Kolbi Kovingtonga 3:5 hisobida yutqazib qo'ygan edi. 23 oktyabr kuni esa 29 yoshli rossiyalik sportchi Las-Vegasda bo'lib o'tadigan RAF 14 turnirining markaziy jangida amerikalik Dillon Denisga qarshi o'rta vazn toifasidagi RAF Crossover chempionlik kamari uchun kurash olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Arman Carukyan 19 sentyabr kuni muvaffaqiyatli tarzda oktagonga qaytgandi. O'shanda u Los-Anjelesda bo'lib o'tgan UFC 331 turnirida braziliyalik Maurisio Ruffini birinchi raundayoq nokautga uchratib, dunyoning eng kuchli ligasidagi ketma-ket oltinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
37 yoshli Neyman Greysi esa MMA`dagi so'nggi jangini 2024 yilning avgust oyida PFL ligasida o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan rossiyalik Magomed Umalatovga yutqazgan edi. O'tgan oy esa braziliyalik sportchi Moskvadagi turnirda RAF ligasidagi debyutini muvaffaqiyatsiz boshlab, SHarabutdin Magomedovga 3:11 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar