01 mar 17:25
Yangiliklar
Engil atletika

Arman Dyuplantis tayanib sakrashda yangi Jahon rekordini o'rnatdi
SHveciyalik tayanib sakrashda ikki karra Olimpiada chempioni umumiy hisobda 11-marta jahon rekordini yangiladi.
U buni Klermon-Ferran shahrida tashkil etilgan musobaqada amalga oshirdi.
All Star Perche turniri chog'ida Dyuplantis 6 metr 27 sm qilib belgilangan to'siqni kesib o'tdi.
SHu tariqa, 23 yoshli sportchi 11-marta Jahon rekordini yangiladi. Dyuplantis avvalgi jahon rekordini (6 m 26 sm) 2024 yilning avgustida Xojuvdagi "Brilliant liga" bosqichida o'rnatgan edi.
Havola :
Manba : olympics.com
Fikrlar