23 apr 15:04
Yangiliklar
Futbol
"Arsenal" yozgi transferdagi asosiy maqsadini belgilab oldi
"Caught Offside" xabariga ko'ra, "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta klub rahbariyatiga "Atletik"ning 23 yoshli vingeri Niko Uilyamsni sotib olishni istayotganini malum qilgan.
Arteta ispaniyalik vingerni o'yin uslubi va jismoniy xususiyatlari tufayli jamoani kuchaytirish uchun ideal nomzod sifatida ko'rmoqda.
Uilyamsning o'zi yaqinda Bilbaodan ketishga tayyor ekanligini, chunki u erda o'zini baxtli his qilmayotganini takidladi. "Atletik" Nikoni o'z xohishiga qarshi ushlab turishning manosi yo'qligini tushunadi va uni 90 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Ispaniya terma jamoasi azosi ushbu mavsum basklar safida 29 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan bitimi 2035 yilgacha amal qiladi va Transfermarkt malumotlariga ko'ra, hozirda uning narxi 50 million evroni tashkil qiladi.
Havola :
Fikrlar