25 fev 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Artem Dalakyan WBA chempioniga aylandi
Bundan bir necha daqiqa avval AQSHda navbatdagi professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy janglaridan biri engil vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBA chempionlik kamari uchun kechdi. Ushbu titul uchun sobiq jahon chempioni Brayan Viloriya hamda ukrainalik Artyom Dalakyan ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan 118-110, 118-110, 118-110 hisobida g'alabani Dalakyanga berishdi.
Malumot uchun, ushbu vazn toifasining qolgan chempionlik kamarlari yaponiyaliklar Daigo Xiga (WBC) va SHo Kimura (WBO) hamda filippinlik Danni Netes (IBF)ga tegishli.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar