17 iyu 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Artur Abraxam o'zidan 13 yosh kichik raqibini mag'lub etdi
Germaniyada tashkil etilgan boks kechasining yana bir qiziqarli jangi ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Artur Abraxam ishtirokida o'tkazildi.
Germaniyalik 36 yoshli bokschi o'zidan 13 yosh kichik bo'lgan norvegiyalik Tim Robin Lixaugga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi.
Beshinchi va ettinchi raundlarda Abraxam kuchli zarbalar evaziga raqibini nokdaun holatlariga tushirib qo'ydi. Sakkizinchi raundda esa navbatdagi nokdaundan so'ng jang to'xtatildi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning 9 aprel kuni Artur AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazilgan jangda meksikalik 24 yoshli Xilberto Ramiresga ikkinchi o'rta vazn toifasidagi WBO chempionlik kamarini boy bergandi.
Havola :
Fikrlar