12 jan 08:01
Yangiliklar
Tennis
ASB Classic. Svitolina 2026 yilni sovrin bilan boshladi + FOTO
Ukrainalik tennis malikasi Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida yakuniga etgan WTA 250 toifasiga kiruvchi turnir chempioniga aylandi.
Dunyo reytingida 13-o'rinni egallab turgan Elina Svitolina hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 57-pog'onada borayotgan xitoylik Van Sinyuni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 7/6(6). Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Bir yuz to'rt daqiqa davom etgan bahsda Svitolina 7, Van 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. 31 yoshli Elina faoliyatidagi 19-sovrinni qo'lga kiritdi. ASB Classic turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 250 reyting ochkosi va 37 390 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Vice-chempion Van esa 163 ochko va 22 125 $ ishlab oldi.









Havola :
Fikrlar