26 okt 20:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Asli afg'onistonlik jangchi UFC'dagi to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
Abu-Dabida UFC 308 turnirining prelim kard janglari davom etmoqda.
Musobaqa doirasida asli afg'onistonlik aralash yakka kurash ustasi Farid Basharat oktagonga ko'tarildi.
Braziliya vakili Viktor Xyugoga qarshi kechgan 3 raundlik jang to'liq davom etdi. Hakamlarning yakdil qarori bilan bahsda Basharat g'olib deb topildi.
Bu orqali Farid UFC'dagi to'rtinchi, faoliyatidagi o'n uchinchi g'alabasini nishonladi.
Xyugo esa 14 ta g'alabali seriyasidan so'ng mag'lubiyatni qabul qilishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar