26 apr 12:56
Yangiliklar
Boks/MMA
"Asosiy maqsad - Islam Maxachev bilan revansh" - Jek Della Maddalena
UFC sobiq chempioni Jek Della Maddalena Islam Maxachev bilan revansh o'tkazishni istashini bildirdi.
Aynan Maxachev undan chempionlik kamarini tortib olgan edi.
"Hozir men to'liq Karlosga etibor qaratganman, ammo asosiy maqsadim — Maxachev bilan revansh. Bu qachon bo'lishidan qati nazar, ertami-kechmi, farqi yo'q. Men yana o'zimni sinab ko'rishni va g'alaba qozonish uchun nimani yaxshilash mumkinligini bilishni istayman", — dedi Della Maddalena MMAJunkie nashriga.
Eslatib o'tamiz, Jek Della Maddalena 2 may kungi UFC turnirida Karlos Pratesga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar