25 okt 22:45
Yangiliklar
Aspinall Ganga qarshi! Abu-Dabidagi UFC 321 turniridan ONLAYN
Musobaqaning markaziy bahsi og'ir vazn toifasidagi angliyalik amaldagi chempion Tom Aspinall va franciyalik birinchi raqamli davogar Siril Gan o'rtasida kechadi.
Ikkinchi asosiy bellashuvda esa braziliyalik Virna Yandiroba hamyurti Makkenzi Dyorn bilan ayollar o'rtasida minimal vazn toifasi chempionligi uchun jang qiladi.
Bundan tashqari, UFC 321 doirasida Umar Nurmagomedov, Aleksandr Volkov, Ikram Aliskerov kabi taniqli aralash yakka kurash ustalari chiqish qiladi.
Mazkur sahifa orqali turnirda qayd etilayotgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin (g'oliblar qoraytirilgan holda yozib boriladi).
Asosiy kard:
Og'ir vazn tofasida chempionlik jangi: Tom Aspinall (Angliya) – Siril Gan (Franciya)
Ayollar o'rtasida minimal vazn toifasida chempionlik jangi: Virna Yandiroba (Braziliya) – Makkenzi Dyorn (Braziliya)
Eng engil vaznda: Mario Bautista (AQSH) – Umar Nurmagomedov (Rossiya)
Og'ir vaznda: Jailton Almeyda (Braziliya) – Aleksandr Volkov (Rossiya)
Yarim og'ir vaznda: Azamat Murzakanov (Rossiya) – Aleksandr Rakich (Serbiya) LIVE
Prelim kard:
Engil vaznda: Nasrat Xaqparast (Marokash) – Kuillan Salkild (Avstraliya), (1-raundda KO-TKO orqali)
O'rta vaznda: Ikram Aliskerov (Rossiya) – Yun Yon Pak (Koreya Respublikasi), (Hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra);
Engil vaznda: Lyudovit Klayn (Slovakiya) – Mateush Rebecki (Polsha), (Hakamlar qaroriga ko'ra);
Yarim og'ir vaznda: Lui Sazerlend (Angliya) – Valter Uoker (Braziliya), (1-raundda sabmishen orqali);
Yarim engil vaznda: Xose Delgado (Meksika) – Natanil Vud (Angliya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Og'ir vaznda: Hamdi Abdelvahab (Misr) – Kris Barnett (Ispaniya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
O'ta engil vaznda: Azat Maksum (Qozog'iston) – Mitch Rapozo (AQSH), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Ayollar o'rtasida minimal vaznda: Jaklin Amorim (Braziliya) – Mizuki Inoue (Yaponiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).
Fikrlar