25 okt 22:37
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 321. Ikram Aliskerovning koreyalik raqibiga qarshi jangi to'liq davom etdi
Rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Ikram Aliskerov UFSdagi keyingi jangini o'tkazdi.
O'rta vaznli sportchi Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tayotgan UFC 321 turniri doirasida Koreya Respublikasi vakili Yun Yong Pakka qarshi oktagonga ko'tarildi.
Prelim kard doirasidagi 3 raundlik bellashuv to'liq davom etdi. Unda Aliskerov hakamlarning yakdil qarori bilan 30-27, 30-27, 30-27 hisobida g'olib bo'ldi.
Aliskerov (17-2) bu orqali ketma-ket ikkinchi jangida raqibidan ustun keldi. Uning UFC'dagi yangi rekordi endi 4-1 ko'rinishida. Pak (19-7) uchun esa bu qatorasiga ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar