02 may 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Aspinall UFC'da tarixiy rekord o'rnatdi
32 yoshli og'irli MMA jangchisi, UFC Interim chempioni Tom Aspinall vaqtinchalik chempionlik kamarini eng uzoq vaqt davomida saqlab turish bo'yicha rekord o'rnatdi.
Tom 538 kundan buyon o'z maqomini himoya qilib kelmoqda. Avvalgi rekord 534 kun davomida UFC'ning eng engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamarini egallab kelgan braziliyalik Renan Baraoga tegishli edi.
Tomning keyingi jangi og'ir vazn toifasining to'laqonli chempioni Jon Jonsga qarshi bo'lishi kutilyapti.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar