05 mar 10:17
Yangiliklar

“Astana Arlans” - “China Dragons” - 5:0. Qo'shnilarimizda yuz foizlik natija
World Series Boxing (WSB) musobaqasi g'olibligi uchun asosiy davogarlardan biri hisoblangan Qozog'istonning “Astana Arlans” jamoasi Xitoyning “China Dragons” bokschilariga qarshi bahs olib boradi.
Kutilganidek, ushbu bahsda yon qo'shnilarimiz raqiblarini 5:0 hisobida mag'lub etishdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida mamlakatimizning “Uzbek Tigers” jamoasi Rossiyaning “Patriot Boxing Team” bokschilaridan xuddi shu hisobda ustun kelgan edi.
“Astana Arlans” - “China Dragons” - 5:0
49 kg. Temirtas Jusupov - Junjun Xe - 3:0 (48:47, 48:47, 49:46)
56 kg. Ilyas Suleymenov - Long Vang - 3:0 (50:45, 50:45, 50:45)
64 kg. Dilmurat Mijitov - Yang Lyu - 3:0 (50:44, 50:44, 50:43)
75 kg. Saparbay Aydarov - Mingang Jao - 3:0 (50:45, 50:45, 50:45)
91 kg. Anton Pinchuk - Sergey Novikov - 3:0 (49:46, 50:45, 50:45).
Malumot uchun, endi “Astana Arlans” jamoasi 18 mart kuni Taraz shahrida Rossiyaning “Patriot Boxing Team” bokschilarini sinovdan o'tkazadi.
Fikrlar