18 fev 19:45
Yangiliklar

“Astana Arlans” - “Uzbek Tigers” 4:1. Jamoamiz ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi
Afsuski, Toldiqo'rg'on shahrida kechgan boks oqshomida bokschilarimiz mezbonlarga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Tarkibimizda 4 nafar Rio Olimpiadasi ishtirokchilari bo'lishiga qaramay, mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldik.
Rio Olimpiadasi sovrindorlaridan Murodjon Ahmadaliev va SHahram G'iyosov raqiblariga yutqazib qo'yishdi. Eng og'ir vazndagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov ham raqibiga yutqazdi.
Jamoamizga yagona g'alabani Bektemir Meliqo'ziev taqdim etdi. 81 kg vaznda ringga chiqqan Rio Olimpiadasi sovrindori raqibi Nurdaulet Jarmanovdan ustun keldi.
SHu tariqa, “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatni qarshi olishdi.
Eslatib o'tamiz, “Uzbek Tigers” jamoasi joy olgan “S” guruhida Xitoyning “China Dragons” hamda Rossiyaning “Patriot Boxing Team” jamoalari ham ishtirok etishyapti.
Fikrlar
Lekin bu bahona bula olmaydi.
Jamoamiz Olimpiadadan keyin uzini ancha erkin his qila bowladi hammasi kansertma kansert yurib semirib hammasi uz vaznini og'irlawtirdi.
Bu holat xuddi Said Ahmadning nomi esimdan chqib qoldi bir asarini yodga soldi.Traktorchini planni zur bajarib uzi kansertma kansert yurib asosiy qiladigan iwini tawlap yuraveradi.(Satirik tarzda yozilgan)
2.2 бусаям майлиди.
QOZOQLAGA YUTKAZISH SHUNCHAKI SHARMANDA.