17 okt 16:14
Yangiliklar

Astanadagi jahon chempionatida besh bor O'zbekiston madhiyasi yangradi + FOTO
Yigirmaga yaqin davlatdan kelgan sportchilar o'rtasidagi mazkur jahon chempionati bellashuvlarida namanganlik tajribali murabbiy Elmurod Abdullaev boshchiligidagi terma jamoamiz ham ishtirok etib, 5 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo'lga kiritishib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni egallashdi.
Ikkinchi o'rinni 4 ta oltin medal bilan Rossiya terma jamoasi egallagan bo'lsa, 3 ta oltin medalga ega chiqishga muvaffaq bo'lgan mezbonlar uchinchi o'rinni band etishdi.
G'olib va sovrindor polvonlarimiz:
Oltin medal sohiblari
62 kg. Azizjon Azimjonov (Farg'ona), 75 kg. Nusratbek Sultonboev (Andijon), 82 kg. Ilyos Ahmadov (Sirdaryo), 100 kg. Oybekjon Muhammadov (Farg'ona), 76 kg. Zeboxon Nosirova (Namangan).
Kumush medal sohibi
+100 kg. Muhammad Vahobov (Toshkent v.).
Bronza medali sohiblari
52 kg. Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo), 57 kg. Hasan Azimov (Toshkent v.), 62 kg. Navro'zbek Mahamadaliev (Namangan), 75 kg. Fayozbek Abdug'afforov (Farg'ona), 100 kg. Umidjon Jalilov (Farg'ona), +100kg. Asadbek Marufov (Farg'ona).
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar