09 okt 14:22
Yangiliklar
Tennis
Astanadagi turnirda bugun final: Jokovich musobaqa g'olibligi uchun o'ynaydi
Qozog'istondagi ATP turniri o'z nihoyasiga etib bormoqda.
Kecha musobaqaning yarim final bahslari o'tkazildi.
Birinchi yarim finalda rossiyalik Andrey Rublyov greciyalik Stefanos Cicipasga 6:4, 4:6, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikkinchi juftlikda esa Novak Jokovich finalga chiqdi. Uning raqibi Daniil Medvedev hisob 6:4, 6:7 ko'rinishiga kelganidan so'ng jarohat sabab o'yinni davom ettira olmasligini malum qildi.
Bugun Jokovich va Cicipas musobaqa g'olibligi uchun kortga chiqadi.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 15:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar