So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

04 jan 08:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Asu Almabaev Ramazon Temirov bilan bir oqshomda oktagonga chiqadi, raqib kamar uchun sobiq davogar!

Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Asu "Zulfiqor" Almabaevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

U hamyurtimiz Ramazon Temirov bilan bir oqshomda oktagonga chiqadi. Asu 1 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 253 turnirida avstraliyalik Stiv Ercegga qarshi jang o'tkazadi.

Malumot uchun, 30 yoshli Asu Almabaev UFC promoushenida 4 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. O'tgan yilning oktyabr oyida hakamlarning yakdil qarori bilan Mateus Nikolauni mag'lubiyatga uchratgan edi. 29 yashar Stiv Erceg 2024 yilning mayida chempion Aleksandr Pantojaga ochkolar bo'yicha yutqazdi. Avgust oyida esa Kay Kara-Fransga texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berdi.

Ayni paytda Asu Almabaev UFC reytingida sakkizinchi, Stiv Erceg esa to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi. Vegasdagi turnirning markaziy jangi o'ta engil vazn (57 kg) toifasida amerikalik aralash yakkakurash ustasi Brendon Royval hamda portugaliyalik Manel Kape o'rtasida bo'lib o'tadi. 

Eslatib o'tamiz, bahorning ilk kuni o'tkaziladigan ushbu turnirda hamyurtimiz Ramazon Temirov ham oktagonga ko'tariladi. Unga UFC reytingining 15-pog'onasini egallab turgan amerikalik CHarlz Jonson raqiblik qiladi. 

Agar Asu ham, Ramazon ham o'z janglarida g'alaba qozonishsa, yaqin kelajakda oktagonda o'zaro to'qnash kelib qolishlari mumkin. 

"Temirov o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Nokaut evaziga g'alaba qozondi. Qardosh xalqimiz vakiliga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilayman. Vakt ko'rsatadi, hozirda hech narsa deya olmayman: u bilan jang qilamanmi yoki yo'q... UFC jang bersa - barchaga qarshi jang qilaveramiz. Umuman olganda, uning yuqori cho'qqilarga chiqishiga chin ko'ngildan tilakdoshman", - degandi Asu "Zulfiqor" Almabaev Ramazon Temirov haqida. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing