03 dek 12:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Asu Almabaevdan engilgan Aleks Peres keyingi jangini Ramazon Temirov mag'lub etgan sportchiga qarshi o'tkazadi
2026 yilning 25 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida UFC 324 turniri bo'lib o'tadi.
Insayder Marsel Dorfning xabar berishicha, turnir doirasida o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida 11-o'rinni egallab turgan amerikalik Aleks Peres (25-10-0) 13-pog'onadagi hamyurti CHarlz Jonson (18-7-0) bilan to'qnash keladi.
Peres 22 noyabr kuni Qatardagi UFC Fight Night turnirida jang qilib, qozog'istonlik Asu Almabaevga imkoniyatni boy bergandi. Jonson esa o'z vaqtida, aniqrog'i, mart oyida hamyurtimiz Ramazon Temirov bilan jangda mag'lubiyatga uchragandi. U shundan keyin bitta g'alabani o'z hisobiga yozdirib qo'yishga ulgurdi.

Havola :
Manba : x.com/BigMarcel24
Fikrlar