01 apr 10:52
Yangiliklar
Asu Almabaevga Ramazon Temirov mag'lub etgan raqib berildi. U Ro'ziboev bilan bir oqshomda jang qiladi
U 27 iyun kuni Bokudagi turnirda oktagonga qaytadi. Asuning raqibi esa reytingda o'n uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik CHarlz Jonson bo'ladi.
Asu Almabaev ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. U avvaliga Xose Ochoani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan, keyin esa Aleks Perezni gilotina usulida bo'g'ib qo'ygandi. Bungacha Asu UFC’dagi ilk mag'lubiyatini Manuel Kapedan qabul qilib olgan edi.
SHu yilnig fevral oyida Almabaev Meksikada Brendon Morenoga qarshi turnirning asosiy jangida oktagonga chiqishi kerak edi, biroq qo'lidan olgan jarohati sabab bu to'qnashuv amalga oshmay qolgandi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Ramazon Temirov so'nggi jangida aynan CHarlz Jonsonni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Ikki hafta oldin CHarlz Bruno Silva ustidan hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongan edi.

Fikrlar