05 may 20:38
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko" afsonasi Madridda qoladimi?
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann jamoa bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Klub futbolchiga "Atletiko"da qancha xohlasa o'shancha qolishini aytdi va u klub afsonasi hisoblanishini eslatdi. 33 yoshli francuzga oshirilgan maosh bilan yangi shartnoma taklif etiladi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.
Grizmann joriy mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar