12 dek 10:18
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko Madrid" sotuvga qo'yildi
"Atletiko Madrid" klubini sotish jarayonini boshladi, deya xabar beradi La Sexta.
"Atletiko" bosh direktori Migel Anxel Gil Marin klub prezidenti Enrike Sereso bilan birgalikda klubni sotish jarayonini boshlab yubordi. Ular "Atletiko"ning 65 foiz akciyalariga egalik qilishadi.
"Atletiko"ni sotib olishga asosiy davogar sifatida amerikalik Stiven Ross aytilmoqda. MFL ishtirokchisi "Mayami Dolfins" klubi egasi sanalmish Ross allaqachon Xil va Sereso bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgani xabar qilingan.
Havola :
Fikrlar