So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

11 iyu 13:56
Yangiliklar

Og'ir atletika

Atletlarimiz mashg'ulotlarni boshlashdan avval tibbiy ko'rikdan o'tishdi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda tobora karantin talablari yumshatila boshlandi.

Jumladan, “yashil” va “sariq” hududlarda  sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyatiga ruxsat berildi. SHu bilan birgalikda, bir qator sport turlari bo'yicha sportchilarimizning karantin talablari asosida mashg'ulotlar olib borilishi ham yo'lga qo'yilmoqda.

SHu kunlarda MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida (RSTIAM) Olimpiya sport turlari bo'yicha barcha terma jamoamiz vakillari belgilangan grafik asosida bir necha bosqichdan iborat tibbiy tekshiruvdan o'tishmoqda. Tekshiruvlar, avvalo, COVID-19 uchun tahlillar, shuningdek, chuqurlashtirilgan tibbiy va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha olib borilmoqda. 

MOQ Matbuot xizmatining xabariga ko'ra, bugun ham boshqa sport turlari kabi og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari RSTIAMda bo'lishdi. Quvonarlisi, asosiy terma jamoamiz vakillarining hech birida xavfli kasallik alomatlari aniqlangani yo'q. Og'ir atletikachilarimiz ham mamlakatimizda karantin elon qilingach bir necha hafta o'z uylarida mashg'ulot olib borishdi. Ushbu tekshiruv orqali terma jamoa murabbiylari va shifokorlari ham sportchilarning funkcional holatidagi o'zgarishlar bo'yicha etarli malumotga ega bo'lishdi. 

Takidlash joiz, bugungi xulosa terma jamoa mutasaddilariga karantindan so'ng yil yakunigacha atletlarning tayyorgarligiga oid kerakli dasturni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing