So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

01 noy 10:33
Yangiliklar

Og'ir atletika

Atletlarimiz Osiyo kubogining uchinchi kunida ham zafarli yurishlarini davom ettirishdi

Teglar :  Og'ir atletika
Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Kecha xotin-qizlar o'rtasida 63 hamda 69 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazildi. 63 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Kumushxon Fayzullaeva dast ko'tarishda 87 kg, siltab ko'tarishda 114 kg, umumiy 201 kg. natijasi bilan birinchi o'rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga Osiyo kubogidagi uchinchi oltin medalni qo'shib qo'ydi. 

69 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Tursunoy Jabborova esa 91+108=199 kg. natijasi bilan kumush medalini qo'lga kiritdi. Etiborlisi, kecha oltin va kumush medallariga ega chiqqan har ikkala qizimiz ham 2002 yilda tavallud topishgan, yani kelasi yili Argentinada bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish imkoniyatiga egalar. 

Koreyadagi musobaqada ular kattalar orasida sovrinli o'rinlarga sazovor bo'lib, shohsupaga ko'tarilishdi. Demak, o'z o'zidan ko'rinib turibdiki 2018 yilda Buenos-Ayresda ham yurtimiz sport muxlislari ulardan medallar kutishga xaqlilar. 

Kecha shuningdek, erkaklar o'rtasida 85 kg. vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Ushbu vazn toifasida terma jamoamizning ikki nafar azosi g'oliblik uchun kurash olib bordi. Sunnatilla O'sarov dast ko'tarishda 158 kg, siltab ko'tarishda 186 kg, summada 344 kg. natija bilan musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. Etiborlisi, Sunnatilla oltin medalni qo'lga kiritgan eronlik Ali Makvandiga bor yo'g'i 1 kilogrammga imkoniyatni boy berdi. Zero eronlik sportchi umumiy 345 kg. natijasi bilan birinchi o'rinni egalladi. 

Ushbu vazn toifasida bronza medali ham o'zbekistonlik atletga nasib etdi. Fayzullo Nabiev 148+189=337 kg. natijasi bilan uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi. Ana shu tariqa musobaqada terma jamoamiz azolari xozircha 3 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega bo'lishdi. 

Muattar Nabieva - oltin 

Sarvar Toshtemirov - oltin 

Kumushxon Fayzullaeva - oltin 

Muhammadali Qaxramonov - kumush 

Tursunoy Jabborova - kumush 

Sunnatilla O'sarov - kumush 

Fayzullo Nabiev - bronza 

Maxliyo Tog'oeva - bronza

Musobaqa ertaga, 2 noyabr kuni yakuniga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing