So’nggi yangiliklar

00:46Хотамбек Бойназаров иштирокидаги Mangu 4 асосий жанги биринчи раундда якунланди 0 00:23Mangu 4: Нодирбек Ахатжонов турнирнинг иккинчи асосий жангида октагонга чиқди 0 19:07Исроил Мадримов Президент томонидан давлат мукофоти билан тақдирланди 0 18:33Мунира Абдуллаева Жаҳон чемпионатида юртимиз шарафини ҳимоя қилади 0 17:36WBA чемпиони Роландо Ромеро: "100 миллион доллар эвазига ҳатто ўз отамнинг ҳам юзига ураман" 0 16:55"Барселона" Родри, Гордон ва Адейемини рўйхатдан ўтказди. Янги ўйинчилар "Эльче”га қарши майдонга тушишлари мумкин 0 16:06Бектемир Мелиқўзиев ҳақиқатан ҳам Армандо Ресендис билан жанг қиладими? Менежер жавоб берди 0 15:17Breaking! Жиззахда Формула-1 трассаси барпо этилиши мумкин! 0 14:21Бугун Андижон шаҳрида ММА бўйича Mangu 4 турнири ўтказилади 0 13:28Тошкентда жаҳон футболи афсоналари иштирокида спорт байрамлари ўтказилади 0 12:17Нурсултон Рўзибоев сўнгги спарринг машғулотини ўтказди (ФОТО) 0 11:25Беҳрузбек Усмонов - Жаҳон чемпионати совриндори! 0 19:02Царукян Топуриянинг эҳтимолий кейинги рақибини айтди 0 18:33Жозе Моуриньо Мадриднинг "Реал" клубидаги бош миссияси ҳақида гапириб берди 0 17:27Промоутер Жошуа қандай ҳолатда Фьюрига қарши жангдан воз кечишини айтди 0

30 noy 12:43
Yangiliklar

Boshqalar

Atletlarimiz tosh ko'tarish bo'yicha Jahon chempionatida 25 ta medal qo'lga kiritishdi

Xitoy Respublikasining SHanxay shahrida tosh ko'tarish bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

O'ttizga yaqin davlatdan 500 nafarga yaqin sportchi qatnashgan dunyo birinchiligida Vohiddin Najmiddinov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi polvonlari ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi. Musobaqaning estafeta siltab ko'tarish bahslarida SHavkat To'raev, SHohruh Usmonov, G'ayrat Jabborov, Navro'zbek Oxunjonov, Umidjon Sobirov, Oybek Elamonov, Ahadjon Mamatov va Javohir Eshmamatov birinchi o'rinni band etishdi.  

Yana bir quvonarli holat shundaki, O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Davlat Xavfsizlik Xizmati sportchilari ham medallar shodasiga ega chiqishdi. Saidnazarov X. (63 kg), Ro'ziboev A. (68 kg), Sodiqov SH. (78 kg), Hamdamov M. (85 kg), Xudayqulov J. (95 kg), Nematov R. (90 kg), Jamilov M. (+95 kg), Toshquvvatov B. (+95 kg) va Qurbonov J. (90 kg) g'olib va sovrindorlar safidan joy olishdi. Ular 6 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 

Tarixda ilk bor estafeta siltab ko'trish yo'nalishida professional jamolar o'rtasida Rajabbek Nematov, Javohir Xudoyqulov, Bahriddin Toshquvvatov, Mirxon Jamilov oltin medal qo'lga kiritishdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi tosh ko'tarish bo'yicha Jahon chempionatida 17 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali jamg'arib, umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallashdi. Rossiya terma jamoasi birinchi, avstraliyalik sportchilar uchinchi o'rinni band etishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing