14 noy 08:00
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Alkaras guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunladi
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaras Italiyaning Turin shahrida o'tkazilayotgan ATP Yakuniy turnirining guruh bosqich uchinchi uchrashuvida ham g'alaba qozondi.
Ispaniyalik tennischi ATP reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan italiyalik Lorenco Muzettini o'z vatandoshlari ko'z o'ngida ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/1.
Sakson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Alkaras 2, Muzetti 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham to'pni o'yinga kiritishda bexato harakat qilishdi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 3 ga 0.
Uchta uchrashuvning barida g'alaba qozongan Karlos Alkaras guruh g'olibi sifatida 1/2 finalga chiqdi. Lorenco Muzetti esa 1 g'alaba va 2 mag'lubiyat bilan guruhda so'nggi o'rinni egalladi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar