12 noy 11:55
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Andrey Rublyov startdayoq mag'lubiyatga uchradi
Italiyaning Turin shahrida tennis bo'yicha ATP Finals turniri davom etmoqda.
ATP reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyov guruhning ilk uchrashuvida dunyoning uchinchi raketkasi germaniyalik Aleksandr Zverevga 4/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Zverev oldinda bormoqda - 7:3. Etmish uch daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 3, Zverev 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, olmon tennischisi tomonida bo'ldi - 2 :0.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar