12 noy 08:01
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Dunyoning birinchi raketkasida qiyin g'alaba
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning olti karra chempioni Karlos Alkaras Italiyaning Turin shahrida o'tkazilayotgan ATP Finals turniri guruh bosqichidagi ikkinchi g'alabasiga erishdi.
Dunyoning birinchi raketkasi Jimmi Konnors nomli guruhning ikkinchi uchrashuvida ATP reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Teylor Fricni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6:7 (2:7), 7:5, 6:3.
Ikki soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda ispaniyalik tennischi 9, amerikalik esa 14 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Karlos 3, Fric 1 ta breyk-poyntdan unumli foydalangan. Alkaras ikki g'alaba evaziga guruhning yakka peshqadami bo'lib oldi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar