18 noy 11:26
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Feliks Oje ikki mag'lubiyat bilan guruhda qolib ketdi
Dunyoning oltinchi raketkasi Feliks Oje uchun ATP Yakuniy turniri yakuniga etdi.
Kanadalik tennischi guruh bosqichining uchinchi tur uchrashuvida reytingning to'qqizinchi pog'onasidan joy olgan amerikalik Teylor Fritcga 6/7(4), 7/6(5), 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikki soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda Oje 9, Fritc esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Oje 1 g'alaba va 2 mag'lubiyat bilan guruhda qolib ketdi. Fritc esa 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan 1/2 finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar