16 noy 08:47
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Kasper Ruudda ikkinchi g'alaba
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Kasper Ruud ATP Yakuniy turnirining ikkinchi turida ham g'alabaga erishdi.
Norvegiyalik tennischi dunyoning to'qqizinchi raketkasi bo'lib turgan AQSH vakili Teylor Fritcni 6/3, 4/6, 7/6(6) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Ikki soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda Ruud 14, Fritc esa 15 ta eys zarbani amalga oshirgan. Birinchi turda g'alaba qozongan Fritcda yarim finalga chiqish uchun hali imkoniyatni saqlanib qolmoqda.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar