14 iyu 13:42
Yangiliklar

ATP reytingi. CHempion Sinner 3430 ochkolik farq bilan peshqadam, tennischimiz 94 pog'ona yuqoriladi
Yangilangan reytingdan 7 nafar tennischimiz joy olgan. Rahimbek Ibrohimov reytingdan chiqarildi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 19, ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin esa 30 pog'onaga pastlagan. Uchinchi raketkamiz Maksim SHin esa aksincha, 3 pog'onaga yuqorilab, Top-1000`talikka kirib oldi. Eng katta o'sishga Amir Milushev erishgan. U 94 o'ringa o'z poziciyasini yaxshilab oldi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Uimbldon turniri chempioni Yannik Sinner peshqadamligini mustahkamlab oldi. U Uimbldon vice-chempioni Karlos Alkarazdan 3430 ochkoga ilgarilab ketdi. Rossiyalik Andrey Rublyov yana Top-10`ga qaytdi. Londondagi turnirda yarim finalga qadar etib kelgan Teylor Fric bir o'ringa yuqoriladi.
ATP reytingi. 14 iyul holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 12030 ochko (+1600)
2. (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 8600 (-700)
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6310 (-190)
4. (5) Teylor Fric (AQSH) - 5035 (+400)
5. (4) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4650
6. (6) Novak Jokovich (Serbiya) - 4130 (-500)
7. (7) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3350 (-790)
8. (8) Xolger Rune (Daniya) - 3340 (-190)
9. (10) Ben SHelton (AQSH) - 3330 (+200)
10. (14) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3110 (+190)...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
265 (246). Humoyun Sultonov - 211 (-20)
472 (442). Sergey Fomin - 90 (-8)
999 (1002). Maksim SHin - 14
1326T (1420) Amir Milushev - 5 (+1)
1771T (1770T). Botir Sapaev - 1
1869T (1868T) Abdulaziz Usmonjonov - 1
1966T (1966T). Damir Abdusamadov - 1
Fikrlar