So’nggi yangiliklar

18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0 17:54Дональд Трамп: "Оқ уй яқинидаги UFC аренаси абадий қолиши мумкин" 0 17:28Шакира ва Burna Boy очилиш маросимида ЖЧ-2026 мадҳиясини ижро этади 0 16:53Жон Жонс ва Даниэль Кормье ўртасида трилогия ўтказилади 0 16:25Аниш Гири Синдаровнинг Бибисара билан муносабати тўғрисида ҳазиломуз пост жойлади 0 15:50Дмитрий Бивол P4P рейтингида Топ-10`га қайтди 0 15:14Бельгия терма жамоаси бош мураббийи: "Биз аутсайдермиз" 0 14:44Тожикистонлик UFC жангчиси Рамазон Темиров билан бир кардда октагонга чиқади 0 14:01Жаҳонгир Зокиров Zuffa Boxing'даги илк жангини мағлубиятсиз боксчига қарши ўтказади 0 13:33Камончиларимиз Анталиядаги Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 12:54"Манчестер Сити" "Реал"га 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:27Makarska Open. Тимофеева икки ғалаба эвазига 1/4 финалга чиқди 0 12:03Ислам Махачев: "Онам ММАдаги фаолиятимни якунлашимни хоҳлаяпти. Ҳаммаси тамом, шекилли" 0 11:21Жошуа спортни тарк этишидан олдин жанг қилишни истаётган боксчиларини санаб берди. Рўйхатда Жалолов борми? 0

21 apr 15:41
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Nahotki!? Fomin 24, Sultonov 65 pog'onaga yuqoriladi

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Quvonarlisi, bu safar ikki etakchi tennischimiz reytingdagi o'rinlarini birmuncha yaxshilab olishdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin 24, uchinchi raketkamiz Humoyun Sultonov esa 65 pog'onaga yuqorilashga muvaffaq bo'ldi. Fomin 11, Sultonov 7 ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi. Amir Milushev o'tgan hafta bilan taqqoslaganda 3 pog'onaga yuksalishga erishdi. 

Afsuski, qolgan olti nafar tennischimiz reytingda sezilar-sezilmas pastlashdi. Ukrainadan mahalliylashtirilgan va ikkinchi raketkamizga aylanib olgan Nikita Belozorcev 3, Batir Sapaev, Ilya Ignatov, Abdulaziz Usmonjonov va Damir Abdusamadov avvalgi reyting o'rinlaridan 2 pog'ona yo'qotishdi.

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Teylor Fric avstraliyalik hamkasbi Aleks de Minaur bilan o'zaro o'rin almashib oldi. Qolgan etakchi tennischilar o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Italiyalik Yannik Sinner reyting peshqadami bo'lib turgan bo'lsa, kuchli uchlikdan ispaniyalik Karlos Alkaras va germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan. 


ATP reytingi. 20 aprel kun holatiga ko'ra Top-10:

1 (1). Yannik Sinner (Italiya) — 13 350 ochko.

2 (2). Karlos Alkaras (Ispaniya) — 12 960.

3 (3). Aleksandr Zverev (Germaniya) — 5255.

4 (4). Novak Jokovich (Serbiya) — 4710.

5 (5). Feliks Oje Alyassim (Kanada) — 3950.

6 (6). Ben SHelton (AQSH) — 4070.

7 (8). Teylor Fric (AQSH) — 3870.

8 (7). Aleks de Minaur (Avstraliya) — 3845.

9 (9). Lorenco Muzetti (Italiya) — 3715.

10 (10) Daniil Medvedev (Rossiya) — 3560…


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

359 (383). Sergey Fomin — 139 (+11)

779 (776). Nikita Belozercev — 36  

806 (871). Humoyun Sultonov — 34 (+7)

969 (968). Maksim SHin — 19 

1379T (1382T). Amir Milushev — 5

1868T (1866T). Batir Sapaev — 1   

1958T (1956T). Ilya Ignatov — 1 

1958T (1956T). Abdulaziz Usmonjonov — 1

2057T (2055T). Damir Abdusamadov — 1

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing