12 jan 13:58
Yangiliklar
ATP reytingi. Qozoq tennischisi Top-10`da debyut qildi, 5 nafar vakilimiz ko'tarildi
O'tgan haftada bo'lgani singari bu safar ham yangilangan reytingdan o'rin olgan 8 tennischimizdan 5 nafari ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin 8 pog'onaga yuqorilab, 332-o'ringa joylashdi. Ikkinchi raketkamiz Humoyun Sultonov ham 3 pog'onaga yuqoriladi. Maksim SHin va Damir Abdusalomov 2, Amir Milushev esa 4 pog'onaga pastladi. Batir Sapaev 2, Ilya Ignatov va Abdulaziz Usmonjonov 1 o'ringa ko'tarildi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ikkita o'zgarish kuzatildi. Qozog'istonlik Aleksandr Bublik Gonkong turniridagi chempionligi evaziga Top-10`talikda debyut qildi. Ushbu turnir finalida Bublikka yutqazgan italiyalik Lorenco Muzetti 7-pog'onadan 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Kanadalik Feliks Oje-Alyassim esa aksincha Muzetti bilan o'rin almashdi. Ispaniyalik Karlos Alkaras hamon reyting peshqadami. Kuchli uchlikdan Yannik Sinner va germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan.
ATP reytingi. 12 yanvar kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 12 050 ochko
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 11 500
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5105
4. (4) Novak Jokovich (Serbiya) - 4780
5. (7) Lorenco Muzetti (Italiya) - 4105 (+115)
6. (6) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 4080
7. (5) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 3990 (-200)
8. (8) Ben SHelton (AQSH) - 3960
9. (9) Teylor Fric (AQSH) - 3840
10. (11) Aleksandr Bublik (Qozog'iston) - 3065 (+220)...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
332 (341). Sergey Fomin — 151 (+6)
576 (579). Humoyun Sultonov — 65
983 (981). Maksim SHin — 18
1370T (1366T). Amir Milushev — 5
1844T (1846T). Botir Sapaev — 1
1940T (1941T). Ilya Ignatov — 1
1940T (1941T). Abdulaziz Usmonjonov — 1
2037T (2035T). Damir Abdusamadov — 1

Fikrlar