24 fev 15:06
Yangiliklar
ATP reytingi. Sultonov 139 pog'onaga pastladi. Qolganlarning holati qanday?
Afsuski, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov 25 ochko yo'qotishi ortidan 139 pog'onaga pastladi va ayni paytda 687-o'rinni egallab turibdi. Birinchi raketkamiz Sergey Fomin uch, uchinchi raqamli tennischimiz Maksim SHin ikki o'ringa pastladi. Ilya Ignatov va Abdulaziz Usmonjonov 4 pog'onaga ko'tarildi. Qolgan tennischilarimiz o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Teylor Fric va kanadalik Feliks Oje-Alyassim o'zaro o'rin almashib olishdi. Qozog'istonlik Aleksandr Bublik Top-10`talikni yakunlab turibdi. Qatarda turnirida chempion bo'lgan ispaniyalik Karlos Alkaras hamon reyting peshqadami. Kuchli uchlikdan Yannik Sinner va germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan.
ATP reytingi. 23 fevral kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 13 550 ochko (+400)
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 10 400 (+100)
3. (3) Novak Jokovich (Serbiya) - 5 280
4. (4) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 4 555 (-50)
5. (5) Lorenco Muzetti (Italiya) - 4 405
6. (6) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 4 235 (-15)
7. (8) Teylor Fric (AQSH) - 4 220
8. (7) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 4 080 (-150)
9. (9) Ben SHelton (AQSH) - 4 050
10. (10) Aleksandr Bublik (Qozog'iston) - 3 405
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
326 (323). Sergey Fomin — 151
687 (548). Humoyun Sultonov — 48 (-25)
968 (966). Maksim SHin — 19
1376T (1376T). Amir Milushev — 5
1852T (1852T). Botir Sapaev — 1
1941T (1945T). Ilya Ignatov — 1
1941T (1945T). Abdulaziz Usmonjonov — 1
2047T (2047T). Damir Abdusamadov — 1

Fikrlar