29 iyu 12:28
Yangiliklar

ATP reytingi. Tennischilarimizda ham pasayish, ham ko'tarilish, Top-10`da ruslar qolmadi
Yangilangan reytingdan 7 nafar tennischimiz joy olgan. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 2, ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin esa 3 pog'onaga ko'tarildi. Qolgan barcha tennischilarimiz o'tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingda pasayishdi. Uchinchi raketkamiz Maksim SHin va Botir Sapaev 8, Amir Milushev 5, Abdulaziz Usmonjonov 3, Damir Abdusamadov 4 pog'onaga pastlagan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Italiyalik Yannik Sinner katta farq bilan peshqadamligini davom ettirmoqda. Ispaniyalik Karlos Alkaraz ikkinchi, germaniyalik Aleksandr Zverev uchinchi o'rinni band etgan. Rossiyalik Andrey Rublyov Top-10`ni tark etdi. Bu bilan reytingning kuchli o'ntaligida rus tennischilari qolmadi. Avstraliyalik Aleks de Minaur 13-pog'onadan 8-o'ringa ko'tarilib oldi.
ATP reytingi. 28 iyul holatiga ko'ra Top-10:
1 (1). Yannik Sinner (Italiya) - 12 030 ochko
2 (2). Karlos Alkaras (Ispaniya) - 8600
3 (3). Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6030
4 (4). Teylor Fric (AQSH) - 5135
5 (5). Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4650
6 (6). Novak Jokovich (Serbiya) - 4130
7 (8). Ben SHelton (AQSH) - 3520
8 (13). Aleks de Minaur (Avstraliya) - 3335
9 (9). Xolger Rune (Daniya) - 3250
10 (7). Lorenco Muzetti (Italiya) - 3195
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
266 (268). Humoyun Sultonov - 201
476 (479). Sergey Fomin - 85
1005 (997). Maksim SHin - 14
1330T (1325) Amir Milushev - 5
1780T (1772T). Botir Sapaev - 1
1874T (1871T) Abdulaziz Usmonjonov - 1
1971T (1967T). Damir Abdusamadov - 1
Fikrlar