09 avg 19:12
Yangiliklar

ATP reytingi. Tennischilarimizdan biri 70 pog'ona yuqoriladi, Top-10`da bitta o'zgarish
Yangilangan reytingdan 7 nafar tennischimiz joy olgan. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 31, ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin esa 2 pog'onaga pastladi. Cultonov 25 ochko yo'qotishi natijasida reytingda 297-o'ringa tushib qoldi. Uchinchi raketkamiz Maksim SHin bir, Amir Milushev esa 70 pog'onaga yuqoriladi. Botir Sapaev 8, Abdulaziz Usmonjonov 8, Damir Abdusamadov esa 15 o'ringa pastlagan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Ben SHelton va serbiyalik Novak Jokovich o'zaro joy almashib olishgan. Qolgan tennis yulduzlari ikki hafta avvalgi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Italiyalik Yannik Sinner katta farq bilan peshqadamligini davom ettirmoqda. Ispaniyalik Karlos Alkaraz ikkinchi, germaniyalik Aleksandr Zverev uchinchi o'rinni band etgan.
ATP reytingi. 8 avgust holatiga ko'ra Top-10:
1 (1) Yannik Sinner (Italiya) - 12030
2 (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 8590
3 (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6380
4 (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5525
5 (5) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4650
6 (7) Ben SHelton (AQSH) - 4320
7 (6) Novak Jokovich (Serbiya) - 4130
8 (8) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3480
9 (9) Xolger Rune (Daniya) - 3340
10 (10) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3235
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
297 (266). Humoyun Sultonov - 176 (-25)
478 (476). Sergey Fomin - 85
1004 (1005). Maksim SHin - 14
1260T (1330T) Amir Milushev - 6 (+1)
1788T (1780T). Botir Sapaev - 1
1882T (1874T) Abdulaziz Usmonjonov - 1
1986T (1971T). Damir Abdusamadov - 1
Fikrlar