01 jan 13:49
Yangiliklar
ATP reytingi. Top-10 o'zgarishsiz. Besh nafar tennischimiz ko'tarildi
Yangilangan reytingdan o'rin olgan 8 tennischimizdan 5 nafari ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin 2, ikkinchi raketkamiz Humoyun Sultonov 3 pog'onaga yuqoriladi. Fomin 2025 yilni 341-o'rinni egallab turibdi. Uchinchi raketkamiz Maksim SHin 2, Amir Milushev va Batir Sapaev 1 pog'onaga pastladi. Ilya Ignatov va Abdulaziz Usmonjonov 1, Damir Abdusalomov 2 o'ringa ko'tarildi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Ispaniyalik Karlos Alkaras 2025 yilni reyting peshqadami sifatida tugatdi. Kuchli uchlikdan Yannik Sinner va germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan.
ATP reytingi. 31 dekabr kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 12 050 ochko
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 11 500
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5110 (-50)
4. (4) Novak Jokovich (Serbiya) - 4820 (-10)
5. (8) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 4190 (-55)
6. (6) Teylor Fric (AQSH) - 4085 (-50)
7. (7) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 4080 (-55)
8. (8) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3990 (-50)
9. (9) Ben SHelton (AQSH) - 3960 (-10)
10. (10) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 2990...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
341 (343). Sergey Fomin — 145 (-2)
530 (533). Humoyun Sultonov — 77
984 (982). Maksim SHin — 18
1369T (1368T). Amir Milushev — 5
1844T (1843T). Botir Sapaev — 1
1936T (1937T). Ilya Ignatov — 1
1936T (1937T). Abdulaziz Usmonjonov — 1
2032T (2034T). Damir Abdusamadov — 1

Fikrlar