02 okt 15:23
Yangiliklar

ATP reytingi. Top-10`da ikkita o'zgarish. Besh nafar tennischimiz yuqoriladi
Yangilangan reytingdan 7 nafar tennischimiz joy olgan. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov o'zgarishsiz o'z o'rnida qoldi - roppa-rosa 400-pog'ona! Bu haftada birgina uchinchi raketkamiz Maksim SHin bir pog'onaga pastladi. Qolgan 4 tennischimiz reytingda yuqorilashga muvaffaq bo'lishdi.
Sergey Fomin 1, Amir Milushev 4, Batir Sapaev 20, Abdulaziz Usmonjonov va Damir Abdusamadov bir xilda 23 pog'onaga ko'tarilishdi. Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ikkita o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Teylor Fric Novak Jokovich bilan, Aleks De Minaur Jek Dreyper bilan o'zaro o'rin almashib olishdi. Tokio turnirida chempion bo'lgan Yannik Sinner peshqadam Karlos Alkarasga yaqinlashib oldi.
ATP reytingi. 1 oktyabr kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 11540 ochko
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 10950
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5980
4. (5) Teylor Fric (AQSH) - 4995
5. (4) Novak Jokovich (Serbiya) - 4830
6. (6) Ben SHelton (AQSH) - 4190
7. (8) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3735
8. (7) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 3590
9. (9) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3555
10. (10) Karen Xachanov (Rossiya) - 3190...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
400 (400). Humoyun Sultonov - 122
492 (493). Sergey Fomin - 86
1018 (1017). Maksim SHin - 14
1336T (1340T) Amir Milushev - 5
1807T (1827T). Botir Sapaev - 1
1903T (1926T) Abdulaziz Usmonjonov - 1
1993T (2016T). Damir Abdusamadov - 1
Fikrlar