05 jan 16:07
Yangiliklar
ATP reytingi. Top-10`da o'zgarishlar. Uch tennischimiz ko'tarildi, yana biri 49 pog'onaga pastladi
Yangilangan reytingdan o'rin olgan 8 tennischimizdan 3 nafari oz bo'lsa-da ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin 1, uchinchi raqamli tennischimiz Maksim SHin hamda to'rtinchi raketkamiz Amir Milushev 3 o'ringa yuqoriladi. Ikkinchi raketkamiz Humoyun Sultonov esa aksincha, 12 ochko yo'qotishi ortidan 49 pog'onaga pastladi. Batir Sapaev 2, Ilya Ignatov va Abdulaziz Usmonjonov 5, Damir Abdusalomov esa 3 pog'ona quyiga sho'ng'idi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Ispaniyalik Karlos Alkaras 2026 yilni ham reyting peshqadami sifatida boshladi. Kuchli uchlikdan Yannik Sinner va germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan. Novak Jokovich va Feliks Oje-Alyassim ham o'tgan haftadagi o'rinlarida qolishdi. Teylor Fric 6-o'rindan 9-pog'onaga pastladi. Buning natijasida Aleks de Minaur, Lorenco Muzetti va Ben SHelton bir pog'onadan yuqorilashdi.
ATP reytingi. 5 yanvar kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 12050 ochko
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 11500
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5105
4. (4) Novak Jokovich (Serbiya) - 4780
5. (5) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 4190
6. (7) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 4080
7. (8) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3990
8. (9) Ben SHelton (AQSH) - 3960
9. (6) Teylor Fric (AQSH) - 3840
10. (10) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 2990...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
340 (341). Sergey Fomin — 145
579 (530). Humoyun Sultonov — 65 (-12)
981 (984). Maksim SHin — 18
1366T (1369T). Amir Milushev — 5
1846T (1844T). Botir Sapaev — 1
1941T (1936T). Ilya Ignatov — 1
1941T (1936T). Abdulaziz Usmonjonov — 1
2035T (2032T). Damir Abdusamadov — 1

Fikrlar