21 iyu 17:39
Yangiliklar

ATP reytingi yangilandi. Tennischilarimizda ahvol chatoq, Top-10`da ikkita o'zgarish
Bu hafta ham yangilangan reytingdan 7 nafar tennischimiz joy oldi. Maksim SHin 2, Amir Milushev 1 pog'onaga yuqoriladi. Qolgan tennischilarimiz esa reytingda pastlashdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 3, ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin esa 7, Abdulaziz Usmonjonov 2, Damir Abdusamadov va Botir Sapaev bir pog'onadan pastlashgan. Humoyun 10, Sergey esa 5 ochko yo'qotdi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ikkita o'zgarish kuzatildi. Teylor Fric va Jek Dreyper hamda Ben SHelton va Xolger Rune o'zaro o'rin almashib olishdi. Yannik Sinner reytingda hamon katta farq bilan peshqadamligini davom ettirmoqda. Kuchli uchlikdan Karlos Alkaras va Aleksandr Zverev joy olgan.
ATP reytingi. 21 iyul holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 12030 ochko
2. (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 8600
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6030
4. (5) Teylor Fric (AQSH) - 5035
5. (4) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4650
6. (6) Novak Jokovich (Serbiya) - 4130
7. (7) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3350
8. (9) Ben SHelton (AQSH) - 3330
9. (8) Xolger Rune (Daniya) - 3250
10. (10) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3160...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
268 (265). Humoyun Sultonov - 201 (-10)
479 (472). Sergey Fomin - 85 (-5)
997 (999). Maksim SHin - 14
1325T (1326) Amir Milushev - 5
1772T (1771T). Botir Sapaev - 1
1871T (1869T) Abdulaziz Usmonjonov - 1
1967T (1966T). Damir Abdusamadov - 1
Fikrlar