22 dek 16:35
Yangiliklar
ATP reytingi yangilandi. Top-10 o'zgarishsiz. Tennischilarimizda nima gap?
Yangilangan reytingdan o'rin olgan 8 tennischimizdan bor yo'g'i bir nafari ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi.To'rtinchi raketkamiz Amir Milushev ikki pog'ona yuqoriladi. O'zbekistonning birinchi raketkasi Sergey Fomin o'z o'rnida o'zgarishsiz qoldi. U ayni paytda 343-o'rinni egallab turibdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov bir pog'onaga pastladi. Qolgan tennischilarimiz ham ATP reytingidagi mavqeylarini birmuncha yomonlashtirib olishdi. Uchinchi raketkamiz Maksim SHin 2, Batir Sapaev, Ilya Ignatov, Abdulaziz Usmonjonov va Damir Abdusalomov 1 pog'onaga pastladi.
Bu hafta ham dunyo tennischilarining Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Barcha o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi. Bunga tennischilarning tatilda ekani sabab bo'lmoqda. Ispaniyalik Karlos Alkaras dunyoning birinchi raketkasi maqomini o'zidan saqlab turibdi. Kuchli uchlikdan italiyalik Yannik Sinner va germaniyalik Aleksandr Zverev joy olgan.
ATP reytingi. 22 dekabr kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 12 050 ochko
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 11 500
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5160
4. (4) Novak Jokovich (Serbiya) - 4830
5. (8) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 4245
6. (6) Teylor Fric (AQSH) - 4135
7. (7) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 4135
8. (8) Lorenco Muzetti (Italiya) - 4040
9. (9) Ben SHelton (AQSH) - 3970
10. (10) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 2990...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
343 (343). Sergey Fomin — 147
533 (532). Humoyun Sultonov — 77
982 (980). Maksim SHin — 18
1368T (1370T). Amir Milushev — 5
1843T (1842T). Botir Sapaev — 1
1937T (1936T). Ilya Ignatov — 1
1937T (1936T). Abdulaziz Usmonjonov — 1
2034T (2033T). Damir Abdusamadov — 1

Fikrlar