20 noy 08:07
Yangiliklar
ATP Yakuniy turnirining ilk finalchisi malum
Musobaqaning ilk yarim final uchrashuvida dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lib turgan serbiyalik Novak Jokovich reytingning to'qqizinchi pog'onasidan joy olgan amerikalik Teylor Fritcga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Novak raqibini ikkala setda ham tay-breklarda mag'lub etishni uddaladi - 7/6(5), 7/6(6). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 6:0 ko'rinishiga keldi. Fritcga 15 ta eys zarbasi ham yordam bermagan. Jokovich esa 4 ta eys, 1 ta qo'shxato va 2 ta breyk qayd etdi.
SHu tariqa ATP Finals turnirlarining besh karra g'olibi Novak Jokovich faoliyatida sakkizinchi bor ushbu nufuzli musobaqaning finalida kortga chiqadi. U so'nggi bor 2015 yilda bosh sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsa, oxirgi marotaba 2018 yili finalda o'ynagandi. Jokovich shuningdek, faoliyatidagi ATP tasnifidagi 130-finalda ishtirok etadi. Bu ko'rsatkich bilan u Rafael Nadalga tenglashib oldi.
Fikrlar