So’nggi yangiliklar

13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0 12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0

19 jan 07:50
Yangiliklar

Tennis

Australian Open 2026. Birinchi raketkamiz dunyoning uchinchi raketkasi bilan 100 daqiqa o'ynadi

Melburn shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning to'rtta musobaqasidan dastlabkisi - Australian Open 2026 turniri davom etmoqda.

O'z tarixida 114-marotaba tashkil etilayotgan, umumiy mukofot jamg'armasi rekord daraja - 111,5 million AQSH dollariga etkazilgan Avstraliya Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi asosiy to'r bahslarida mamlakatimizning birinchi hamda uchinchi raketkalari - Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova yurtimiz sharafini himoya qilishi haqida xabar bergan edik.

Kamilla Rahimovani jiddiy sinov kutib turgandi. U biroz avval yakuniga etgan birinchi davra uchrashuvida dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goff bilan hisob-kitob qildi. Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda mo'jiza ro'y bermadi. Goff 6/2, 6/3 hisobida g'alaba qozonib, 1/32 finalga yo'l oldi. Endi u ikkinchi bosqichda asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan amerikalik 45 yoshli Vinus Uilyamsdan uch set natijasiga ko'ra ustun kelgan serbiyalik Olga Danilovichga qarshi kortga chiqadi. 

Taqqoslash uchun, Kori Goff ayni paytda WTA reytingida 3, Rahimova esa 93-o'rinni egallab turibdi. Ikkala tennischi ham uchrashuv mobaynida bittadan eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Korida ko'p bo'ldi - 7 ga 4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi. Uchchala bahsda ham amerikalik tennischining qo'li baland kelgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing