20 jan 08:27
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Aleksandr Zverev 1/4 finalda
Dunyoning ikkinchi raketkasi Aleksandr Zverev Australian Open bosh sovrini uchun kurashni davom ettirmoqda.
Germaniyalik tennischi ATP reytingida 14-o'rinni egallab turgan franciyalik Ugo Umberni to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 2/6, 6/3, 6/2. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Zverev foydasiga bo'lib turibdi - 3:1.
Ikki soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda Zverev 19, Umber 12 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha ustunllik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 6 ga 2. Endi olmoniyalik tennischi 1/4 finalda amerikalik Tommi Polga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar