16 jan 09:26
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Dunyoning oltinchi raketkasini mag'lub etishdi
Melburn shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati kutilmagan natijalarga ham boy bo'lmoqda.
Jumladan, erkaklar o'rtasidagi bahslarda dunyoning oltinchi raketkasi Kasper Ruud ikkinchi davradayoq Australian Open`dagi ishtirokini yakunladi. Norvegiyalik tennischi ATP reytingida 48-pog'onada borayotgan chexiyalik Yakub Menshikka to'rt set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2/6, 6/3, 1/6, 4/6.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikki soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda Ruud 7, Menshik esa 22 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar