11 jan 13:45
Yangiliklar
Australian Open. Erkaklar o'rtasidagi asosiy to'rga qura tashlandi. Etakchilar kimlarga qarshi?
Tabiiyki, dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich qura jarayonida birinchi raqam ostida tasniflandi. Serbiyalik tennischi ilk davrada saralash musobaqasi g'oliblaridan biri yoki laki-luzerga qarshi kortga chiqadi. Dunyoning to'rtinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinner niderlandiyalik Botika van de Zandshulp bilan to'qnash keladi.
Ikkinchi raketka, ispaniyalik Karlos Alkaraz franciyalik Rishar Gaske, uchinchi raqam ostida saralangan rossiyalik Daniil Medvedev kvalifikaciya bosqichi g'olibi bilan uchrashadi.
Birinchi davradagi etiborga molik uchrashuvlar:
• Adrian Mannarino (Franciya, 20) - Sten Vavrinka (SHveycariya);
• Roberto Bautista-Agut (Ispaniya) - Ben SHelton (AQSH, 16);
• Matteo Berrettini (Italiya) - Stefanos Cicipas (Greciya, 7);
• Frensis Tiafo (AQSH, 17) - Borna CHorich (Xorvatiya);
• Aleks De Minaur (Avstraliya, 10) - Milosh Raonich (Kanada);
• Feliks Oje (Kanada, 27) - Dominik Tim (Avstriya);
• Deniel Evans (Buyuk Britaniya) - Lorenco Sonego (Italiya).
Fikrlar