So’nggi yangiliklar

12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0 07:57UFC on ESPN 72 турнирининг барча жанглари натижаси битта хабарда + ФОТО 0

26 jan 17:33
Yangiliklar

Tennis

Australian Open. Erkaklar o'rtasidagi yakkalik turnirida chempion aniqlandi

Biroz avval Avstraliya Melburn shahrida ikki hafta davom etgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open 2025 turniri yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi deyarli 60 million AQSH dollarini tashkil etgan musobaqaning so'nggi bahsi erkaklar o'rtasidagi yakkalik final uchrashuvi bo'ldi. Unda dunyoning birinchi va ikkinchi raketkalari - Australian Open turnirining amaldagi chempioni italiyalik Yannik Sinner hamda germaniyalik Aleksandr Zverev o'zaro to'qnash keldi. 

Ikki soatu 45 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner 6/3, 7/6(4), 6/3 hisoblarida g'alaba qozonib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli tarzda himoya qildi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Zverev oldinda bormoqda - 4:3.


Final uchrashuvi statistikasi:

Yannik Sinner - 6 ta eys, 2 ta qo'shxato, 2 ta breyk

Aleksandr Zverev - 12 ta eys, 2 ta qo'shxato, breyk yo'q


Yannik ketma-ket 22 ta uchrashuvda Top-10 reytingidan o'rin olgan raqiblari ustidan g'alaba qozondi. Bu XXI asr rekordi hisoblanadi. 2006-2007 yillarda Rojer Federerda bu ko'rsatkich 20 ta uchrashuvni tashkil qilgandi. 

Sinner ikki haftalik mehnatidan 2000 reyting ochkosi va 3 500 000 Avstraliya dollari (taxminan 2,2 mln AQSH dollari), Zverev esa 1300 ochko hamda 1 mln 900 ming Avstraliya dollari ishlab oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing